O‘zbekiston avtohalokat qurbonlari soni bo‘yicha nechanchi o‘rinda?
O‘zbekiston – Markaziy Osiyoda avtohalokat oqibatidagi o‘lim ko‘rsatkichlari eng past mamlakat sanaladi. Bu haqda IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov ma'lum qildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, 31 oktyabrdagi matbuot anjumanida Bozorov O‘zbekistonning bu borada nafaqat Markaziy Osiyoda, balki MDH miqyosida ham ko‘rsatkichlari yaxshiligini, MDH davlatlari ichida ham Ozarbayjondan keyin 2-o‘rinda turishini ta'kidladi.
«Bu borada maqtansak bo‘ladi. Mazkur ko‘rsatkich har 100 ming kishiga nisbatan hisoblanadi. 2018 yilda avtohalokatlar tufayli vafot etish holati bo‘yicha mamlakatimizda har 100 ming kishiga 11,3 nafar YTH qurboni to‘g‘ri kelgan. Rossiyada — 27 nafar. Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham ko‘p», – dedi YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
Ma'lum qilinishicha, 2019 yilning o‘tgan 9 oyi davomida umumiy yo‘l-transport hodisalari 16,5 foizga (6236 tadan 5207 taga), ularda halok bo‘lganlar soni 13,1 foizga (1607 nafardan 1396 nafarga), jarohatlanganlar soni 17,8 foizga (5864 nafardan 4821 nafarga) kamayishiga erishilgan.
Mavzuga oid
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
18:08 / 30.12.2023
Xulosa chiqarmayotgan odamlar: avtoavariyalar dahshatli “dushman”ga aylanmoqda
22:08 / 22.12.2023
Olmaotada avtobus yo‘lovchi va haydovchi o‘rtasidagi mojaro tufayli odamlarni urib yubordi
14:39 / 22.11.2023