Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya politsiyasi ichida 31 pokistonlik muhojir bo‘lgan yuk mashinasini ushladi
Yuk mashinasi Italiya bilan chegarada tekshiruvdan o‘tayotgan chog‘ida ichida odamlar borligi ma'lum bo‘lgan.
Fransiya politsiyasi mamlakat janubida ichida kamida 31 nafar pokistonlik muhojir bo‘lgan yuk mashinasini ushladi. Bu haqda prokuratura bayonotiga asoslanib Fransiya OAV xabar berdi.
Xabar qilinishicha, mashina pokistonlik shaxs boshqaruvida bo‘lib, u qo‘lga olingan. Yuk mashinasi Italiya bilan chegarada tekshiruvdan o‘tayotgan chog‘ida ichida odamlar borligi ma'lum bo‘lgan.
Barcha muhojirlar tegishli protseduralarga muvofiq Italiyaga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Britaniyada ichida 39 jasad bo‘lgan yuk mashinasi topilgandi. Halok bo‘lganlar Vetnam fuqarolari bo‘lishgan.