Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zenergoinspeksiya»: elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste'molchilar fosh etildi
Iste'molchilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, elektr energiyasini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan joylarda joriy yilning oktabr oyida o‘rganishlar o‘tkazildi.
“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatiga ko‘ra, o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 123ta iste'molchi tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, ushbu qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan iste'molchilarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga asosan yetkazilgan zarar bo‘yicha 1,7 mlrd so‘mlik hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.
Xususan, Namangan viloyatida 8ta iste'molchi, Farg‘ona viloyatida 8ta iste'molchi, Samarqand viloyatida 7ta iste'molchi, Xorazm 10ta iste'molchi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida energetika tizimiga 1,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
“O‘zenergoinspeksiya”si joriy yil avgust oyidan oktabr oyiga qadar joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 415ta iste'molchi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, 242 ta iste'molchining elektr qurilmalari tarmoqdan ajratildi.
Elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan iste'molchilarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga asosan yetkazilgan zarar bo‘yicha 9,8 mlrd so‘mlik hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilinib, bugungi kunga qadar 3,3 mlrd so‘m mablag‘lar undirildi.
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026