Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya elektromobillarni quvvatlash stansiyalari qurish uchun 3,5 milliard yevro sarflaydi
Merkelning aytishicha, hukumat 2030 yilga kelib energiyaning 65 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olishni rejalashtirgan.
Germaniya hukumati elektromobillarni quvvatlash infrastrukturasi qurilishi uchun 3,5 milliard yevro sarflaydi. Bu haqda mamlakat kansleri Angela Merkel ma'lum qildi.
"Bu fundamental o‘zgarish. Iqlim himoyasi, raqamlashtirish, kommunikatsiyalarning rivojlanishi – bular biz avtomobillar rivojlanishi tarixida hali guvohi bo‘lmagan o‘zgarishlardir", - dedi u.
Merkelning aytishicha, hukumat 2030 yilga kelib energiyaning 65 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olishni rejalashtirgan.
"Biz bugungi kunda Volkswagen ega bo‘lgan elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini barcha shaharlarda qurishimiz lozim. Biz yaqin yillar ichida quvvatlash infrastrukturasini barpo etish uchun 3,5 milliard yevro sarflaymiz. Bu rekord summa", - dedi Merkel.
Mavzuga oid
14:57 / 18.01.2025
Dunyodagi eng xavfsiz 5 ta avtomobil nomi e’lon qilindi
09:54 / 13.01.2025
Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtoyo‘llar bo‘yida elektromobillarni zaryadlash stansiyalari tashkil etiladi
19:47 / 11.01.2025
2024 yilda O‘zbekistonga elektr va gibrid avtomobillar importi benzinli avtomobillarga qaraganda ko‘proq bo‘ldi
10:59 / 11.01.2025