Jahon | 20:08 / 04.11.2019
6918
2 daqiqa o‘qiladi

«Joker» filmi 16ta nominatsiyada «Oskar»ga da'vogarlik qiladi

Film ekranlarga chiqqanidan so‘ng bukmekerlar Xoakin Feniksni mukofotga asosiy nomzod deb atashdi. U keyingi 18 yil davomida bir marta ikkinchi plandagi roli va ikki marta eng yaxshi erkak roli uchun "Oskar"ga nomzod etib ko‘rsatilgan, ammo mukofotga sazovor bo‘lmagan.

Warner Bros. kompaniyasi rejissyor Todd Filipsning "Joker" filmini 16ta nominatsiyada "Oskar" mukofotiga da'vogar etib ko‘rsatish bo‘yicha kampaniya boshladi. Bu haqda Movieweb xabar berdi.

Kompaniya rahbariyati kartina milliard dollar keltiradi (u ayni paytda 900 million dollardan ortiq pul to‘plagan) va "Eng yaxshi film", "Eng yaxshi rejissyor", "Eng yaxshi aktyor", "Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor", "Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa", "Eng yaxshi ssenariy", "Eng yaxshi montaj" va boshqa nominatsiyalarda mukofot olishga qodir deb hisoblamoqda

Film ekranlarga chiqqanidan so‘ng bukmekerlar Xoakin Feniksni mukofotga asosiy nomzod deb atashdi. U keyingi 18 yil davomida bir marta ikkinchi plandagi roli va ikki marta eng yaxshi erkak roli uchun "Oskar"ga nomzod etib ko‘rsatilgan, ammo mukofotga sazovor bo‘lmagan.

Film nechta yo‘nalishda nomzod etib ko‘rsatilishi 2020 yil 13 yanvarda, Amerika kinoakademiyasi a'zolari yakuniy ro‘yxatni tuzganidan keyin ma'lum bo‘ladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid