Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktrisa Anjyelina Joli bomba tufayli suratga olish joyidan evakuatsiya qilindi
Gollivud aktrisasi Anjyelina Joli va “Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi Richard Medden Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi bomba tufayli yangi filmni suratga olish joyidan evakuatsiya qilindilar. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Voqea 4 noyabrda Marvel studiyasining “Abadiylar” filmining Kanar orollaridagi suratga olish maydonchasida yuz bergan. Suratga olish vaqtida taxmin qilinishicha Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi portlamay qolgan mina topilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu joyda urush vaqtida fashistlar bazasi bo‘lgan. Snaryad xavfsiz joyga yetkazilgan.
Ma'lum qilinishicha, hozirda sohilbo‘yi sapyorlar tomonidan ko‘zdan kechirilmoqda, suratga olish ishlari esa vaqtinchalik to‘xtatilgan. Ishlar tekshiruv o‘tkazilib, mutaxassislarning tegishli ruxsatidan keyin yana davom ettiriladi.
Film o‘zga sayyoraliklar tomonidan yaratilgan qudratli mavjudotlar haqida bo‘lib, uning ekranlarga chiqishi 2020 yil noyabrga belgilangan. Filmda, shuningdek, Salma Xayyek va Kit Xarrington ham suratga tushmoqda.
Mavzuga oid
19:21 / 10.11.2025
Birgina hazilni deb aeroportda favqulodda holat e’lon qilindi
08:48 / 07.11.2025
Politico: Joli Ukrainaga tashrifini oldindan bildirmagan, chegaradan piyoda o‘tgan
10:21 / 06.11.2025
Aktrisa Anjyelina Joli Xersonga tashrif buyurdi
08:13 / 22.09.2025