Jahon | 19:19 / 05.11.2019
6806
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an AQShni Suriya bo‘yicha majburiyatlarini bajarmayotganlikda aybladi

Foto: AP

Erdo‘g‘an amerikalik harbiylarni Turkiya terrorchilar deb hisoblaydigan kurd kuchlari bilan birgalikda patrullashni amalga oshirayotganlikda ayblagan hamda AQSh va kurdlar Turkiya va Rossiya kuchlari olib borayotgan patrullashdan alohida harakat qilayotganlarini ta'kidlab o‘tgan. 

“Afsuski, AQSh terrorchilik guruhi bilan alohida patrullashni amalga oshirmoqda. Axir kurdlar ketishi kerak edi! AQSh buni qanday tushuntiradi? Kelishuvimizda bunday band yo‘q edi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.  

Turkiya rahbari, shuningdek, uning davlati Rossiyaning Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlarini sotib olish uchun AQShdan ruxsat so‘rab o‘tirmasligini aytgan. 

9 oktyabrda Turkiya Suriya shimolida “Tinchlik bulog‘i” harbiy amaliyotini boshlagandi. Undan maqsad kurd otryadlarini chegaradan 30 km nariga siqib chiqarish bo‘lgan. 17 oktyabrda Turkiya AQSh bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra amaliyotni to‘xtatgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid