O‘zbekiston | 20:56 / 06.11.2019
12908
2 daqiqa o‘qiladi

«Bir yillik faoliyat haqida 2 daqiqada ulgurish» - Komil Allamjonov yangi chellenjga qo‘shildi

Internetda tarqalayotgan «Bir yil 2 daqiqada» chellenjiga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov ham qo‘shildi.

U 2019 yil boshidan buyon o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan jamoa tomonidan qilingan ishlarni 2 daqiqa ichida sanab berishga uringani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joyladi.

Allamjonovning qisqa va tezkor hisoboti uch daqiqadan ortiqroq davom etgan.

«Yil hali davom etadi. Ishlarimizni 2 daqiqa ichiga sig‘dira olmadik», – deb xulosa qilgan AOKA rahbari.

Ma'lumot uchun, 2 daqiqalik hisobot chellenji unda 1 noyabr kuni Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern ham qatnashganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketdi.

Ardern xonim Yangi Zelandiya hukumati rahbarligiga kelganiga ikki yil to‘lgani munosabati bilan chellenjda qatnashib, ikki yillik faoliyatidagi eng muhim ishlarni sanab o‘tgan va bunga 2 daqiqa 56 soniya vaqt sarflagan.

Mavzuga oid

E`lonlar