Jahon | 22:09 / 07.11.2019
19596
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida uy tomidagi sher o‘quvchilarni qo‘rqitib yubordi (video)

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi uylarning biri tomida payqalgan urg‘ochi sher maktab o‘quvchilarini qo‘rqitib yubordi. Voqea guvohlari ushbu holat videosi bilan YouTube’da bo‘lishishdi.

Videoda sher uylardan birining tomida yurganini ko‘rish mumkin.

Maktab rahbariyati voqea haqida politsiyaga xabar qilib, bolalar xavfsizligini ta'minlash uchun tegishli choralar ko‘rishni so‘ragan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid