Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York sudi Trampga 2 mln dollarlik jarima soldi
Nyu-York shtati oliy sudi AQSh prezidenti Donald Trampga 2016 yilgi prezident saylovlari kampaniyasi vaqtida o‘z xayriya jamg‘armasidan foydalangani uchun notijorat tashkilotlariga tovon puli sifatida 2 mln dollar to‘lab berish majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda shtat bosh prokurori Letitsiya Jyeyms tvitterda ma'lum qildi.

CNN telekanalining xabar berishicha, 2018 yil iyunda sudga berilgan da'vo arizasida Tramp va uning farzandlari - Donald, Ivanka va Erik Donald J.Trump Foundation jamg‘armasi maqomini suiiste'mol qilib, AQShning va shtatning saylov kampaniyalarini moliyalashtirish haqidagi qonunlarini buzishgan.
Ta'kidlanishicha, Tramp saylovoldi shtabi 2016 yil fevralda Ayova shtatida harbiy faxriylarni qo‘llab-quvvatlovchi xayriya tashkilotlariga grant sifatida mablag‘lar to‘plagan. Biroq to‘plangan mablag‘lar Trampning siyosiy manfaatlari yo‘lida sarflangan.
AQSh prezidentiga solingan 2 mln dollarlik jarima 8 ta notijorat kompaniyasi o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Tramp 2018 yil dekabrda sud bilan kelishuvga borish doirasida o‘z jamg‘armasini yopishga rozi bo‘lgan.
Tramp “Nyu-York bosh prokurori sud bilan kelishuv mohiyatini siyosiy maqsadlarda ataylab buzayotganini, jamg‘armasi tomonidan to‘plangan barcha pullar esa xayriya maqsadlarida ishlatilganini aytgan. “Men xayriya maqsadlariga bunday katta pullarni o‘tkazib, Nyu-York shtatining siyosiy fitnachilari tomonidan malomatlarga uchrashi mumkin bo‘lgan o‘zim biladigan, balki ehtimol tarixdagi yagona odamman”, deb aytgan Tramp.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

17:34 / 17.07.2025
Piskentda bank kassiri haydovchilar to‘lagan jarimani o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi

14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

00:59 / 14.05.2025