Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram AQShda «layk»lar sonini yashirish funksiyasini sinovdan o‘tkazadi
Instagram rahbarining izohlashicha, bundan maqsad foydalanuvchilarning «ijtimoiy qiyoslash»larini yo‘q qilish orqali ijtimoiy tarmoqdagi raqobatga chek qo‘yishdir.
Facebook kompaniyasiga qarashli Instagram ijtimoiy tarmog‘i kelasi haftadan AQShda foydalanuvchining postlari ostiga qo‘yilgan “layk”lar sonini yashiruvchi funksiyani sinov rejimida ishga tushiradi. Bu haqda Instagram bosh direktori Adam Mosseri ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchi o‘z foto va videolari uchun nechta “layk” to‘plaganini ko‘rib turadi. Biroq obunachilarining to‘plagan “layk”larini ko‘ra olmaydi.
Instagram rahbarining izohlashicha, bundan maqsad foydalanuvchilarning «ijtimoiy qiyoslash»larini yo‘q qilish orqali ijtimoiy tarmoqdagi raqobatga chek qo‘yishdir.
Aniqlik kiritilishicha, ushbu funksiya Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Irlandiya, Italiya va Braziliyada sinovdan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
08:04 / 08.05.2026
Instagram «Buyuk tozalash»ni o‘tkazdi: millionlab soxta obunachilar o‘chirildi
21:24 / 31.03.2026
Instagram o‘zining pulli obunasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
12:55 / 12.01.2026