Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,7 milliard so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Toshkent viloyati Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro M.I. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilgan.
Natijada avtomashina yukxonasida fuqaro S.D.ga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 830,5 million so‘mlik jami 5935 dona 3 xil nomdagi dori vositalari hamda bir qancha tibbiyot anjomlari borligi aniqlandi.
Tadbir davomida fuqaro T.A. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtoulov ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirildi.
Tekshiruv davomida avtomashinada fuqaro M.B.ga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan qiymati 893,5 million so‘mlik 6029 dona 7 nomdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan tadbir davomida umumiy qiymati 1 mlrd. 724 million so‘mlik dori vositalari yashirincha olib ketilayotganligi fosh qilindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:53 / 31.10.2025
Namanganda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarish sexi fosh etildi
09:51 / 06.09.2025
Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli dorilarni olib kelganlar ushlandi
14:00 / 17.02.2025
Dorilarni sut bilan ichish ularning ta’sirini yaxshilaydi - tadqiqot
15:12 / 18.01.2025