Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda kuchli yomg‘irlar: hatto «Dubai Mall»ni ham suv bosdi (video)
10 noyabr, yakshanba tongidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida kuchli yomg‘irlar, momaqaldiroq va qattiq shamol kuzatilmoqda.
Natijada Dubay aeroportida samolyotlar qo‘nishi vaqtida noaniqliklar yuzaga keldi. Shahardagi ko‘plab binolar qatori mashhur savdo markazi – «Dubai Mall»da ham suv toshishi kuzatildi. Dunyodagi eng yirik univermaglardan birining ayrim qismlarida suv balandligi 10 sm.ga ham yetdi.
«Dubai Mall» quruvchisi Emaar tashkiloti vakili bergan izohga ko‘ra, savdo markazidagi toshqin mahalliy xarakterga ega, shuningdek, univermagdagi aksariyat butiklar, restoran va boshqa jamoat joylari odatdagi rejimda ishlashda davom etmoqda.
Gulf News`ning yozishicha, kuchli shamol natijasida Fors ko‘rfazida to‘lqinlar balandligi 2,7 metrgacha yetgan.
Politsiya haydovchilarni tezlikni oshirmaslik, oraliq masofani saqlash va rulda telefon bilan video olmaslikka chaqirgan. Aynan yomg‘ir sababli Dubayni qo‘shni shahar Sharja bilan bog‘lab turuvchi asosiy yo‘l ma'lum muddatga yopib qo‘yilgan. Haydovchilar megapolisdagi tirbandliklarda odatdagidan ko‘proq vaqt ushlanib qolishlariga to‘g‘ri kelyapti.
Metereologlar yog‘ingarchilik 3 kun – seshanbaga qadar davom etishini aytishmoqda. Soha mutaxassislari bu kabi ob-havo sharoitini mamlakatda fasllar almashayotgani bilan izohlashyapti.
Amirliklar hududining shimoliy qismlarida fuqaro muhofazasining sariq va qizil darajalari e'lon qilingan.
Arab News keltirgan videoda poytaxt Abu-Dabidagi binolardan birining tepasiga o‘rnatilgan metall konstruksiya kuchli shamoldan qulab tushganini ko‘rish mumkin.
WATCH: Construction claddings in Abu Dhabi were torn down by high winds on Sunday. Read more: https://t.co/tK2Fmrj6C7 pic.twitter.com/U79fcwIvgC
— Arab News (@arabnews) November 10, 2019
Vehicles parked on a water-logged road following heavy rain in Dubai on Sunday, November 10, 2019. pic.twitter.com/0PbL2m0ngF
— Gulf News (@gulf_news) November 10, 2019

So much RAIN in Dubai RightNow #Mirdif #Dubai pic.twitter.com/eLqzBW0XZt
— MODA FAIYAZ (@fzmoda) November 10, 2019
Mavzuga oid
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026