Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aznur Plast – O‘zbekistonda plastik qadoqlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy zavod ishga tushdi
Hozirda bozor iqtisodiyotida mahsulotlarga bo‘lgan talabni uzoq vaqt saqlab qolish juda ham qiyin. Sababi, kundan-kunga yangi brendlar paydo bo‘lmoqda, shunga yarasha katta raqobat ham.
Xaridor biron bir mahsulot sotib olayotganda avvalo uni muqovasiga e'tibor qaratadi. Agarda siz muzqaymoq yoki o‘simlik yog‘i uchun sifatli plastik idishlar tanlashda adashsangiz, bu nafaqat mijozlar tanloviga, balki siz ishlab chiqarayotgan mahsulot ta'miga ham o‘z ta'sirini o‘tkazishi mumkin. Shu sababli biznesda ishonchli hamkorlarni topish katta ahamiyatga egadir.
Aznur Plast – yuqori sifatli plastik idishlar, chelaklar, konteynerlar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, hozirgi kunda jahon standartlariga mos ravishda iste'molchilar uchun sara mahsulotlarni yetkazib bermoqda. Kompaniya O‘zbekistonda o‘z zavodini ishga tushirdi.


Jahon tajribasi – o‘zimizda!
Mazkur zavodda xorijdan keltirilgan eng zamonaviy uskunalar, xususan, Yizumi, Hiatian, Xiecheng, Wellih kabi taniqli kompaniyalarning termoplastavtomatlari ham mavjud. Yangi muvaffaqiyatli texnologiyalardan unumli foydalanish mamlakatimizning termoplastika ishlab chiqarish sohasida tezkorlik va yetakchilikni saqlab qolishga yordam beradi. Hozirda kompaniya haftasiga 72000 ga yaqin mahsulotlar ishlab chiqara oladi.
Zamonaviy robot bilan mustahkam yorliqlar
Shuningdek, plastik chelaklar va idishlarga mahsulot yorlig‘i (ya'ni etiketkasi) zamonaviy IML texnologiyasi asosida urib beriladi. Bu jarayon esa xorijdan maxsus keltirilgan Wellih roboti orqali amalga oshiriladi. Sizning mahsulotingiz yuzi bo‘lgan yorliqlar «aqlli» mexanizm yordamida o‘z sifati, bejirim dizayniga ega bo‘ladi.


Sifat nazorati
Kompaniya o‘z jamoasiga sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan bo‘lib, ular tun-kun mahsulotlarning tayyorlanish jarayoni, xom-ashyo sifatini tizimli ravishda nazoratdan o‘tkazishadi. Maxsus laboratoriyada esa mutaxassislar zamonaviy trendni e'tibor bilan kuzatgan holda ishlab chiqarilayotgan plastlik qadoqning hajmi, shakli, dizayni, rangi ustida ham alohida ish olib borishadi. Shu sababli, Aznur Plast ishlab chiqaruvchilarning mahsulot turiga qarab, xilma-xil ko‘rinishga ega bo‘lgan plastik qadoqlar va konteynerlarni taqdim eta oladi.
B2B uchun ishonchli hamkor
O‘z faoliyatini boshlaganiga qisqa muddat bo‘lgan bo‘lsa-da, kompaniya qurilish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan ko‘plab korxonalar bilan hamkorlik qilishga ulgurdi. Biznes hamkorlarning ishonchini oqlash va iste'molchilar uchun yuqori sifatli mahsulotlar o‘ramini ta'minlash maqsadida kompaniya faqatgina sinalgan xom-ashyolardan foydalanadi.
Qadoqlash idishlarini ishlab chiqarishda unga solinadigan mahsulotning fizik-kimyoviy, biologik va mikrobiologik xususiyatlarini hisobga olish juda muhim. Aznur Plast bu jihatdan o‘z mahsulotlarini buyurtmachi talablariga mos ravishda texnik, iqtisodiy, sanitariya-gigiyena va estetik jihatdan sifatli qilib ishlab chiqaradi.


Aznur Plast idishlarining afzalliklarini sanab o‘tamiz:
- Har tomonlama qulay va ixcham;
- Barcha turdagi ranglarni topish mumkin;
- Oziq-ovqatlar uchun mutlaqo xavfsiz;
- Mahsulotni qayta ishlatish imkoniyati;
- Germetik, mustahkam qopqoqlar;
- Eng sifatli xom-ashyolar tarkibi va boshqalar.
Biznesda munosib hamkorlarni topish va ommaviy brendlarni yaratish vaqti keldi! Aznur Plast plastik qadoqlari bilan mahsulotingiz bozorlarda o‘z yetakchiligini yo‘qotmaydi!
Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Erkin ko‘chasi, 21uy
Murojaat uchun telefon: +99899 3023333, +99895 1427557
Sayt: www.aznurplast.uz
Instagram: @aznurplast
Facebook: fb.com/aznurplast
Reklama huquqi asosida