Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 406,2 mln so‘mlik zarar yetkazildi
Iste'molchilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, elektr energiyasini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan joylarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, hafta davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 26 ta iste'molchi tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan holda elektr energiyasidan foydalanish holatlari aniqlanib, ushbu iste'molchilarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga asosan yetkazilgan zarar bo‘yicha 406,2 mln so‘mlik qayta hisob-kitob qilindi.
Xususan, Andijon viloyati, Asaka tumanida joylashgan MChJ va Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida energetika tizimiga 372,8 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Ta'kidlanishicha, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan 25 nafar iste'molchining elektr qurilmalari tarmoqdan ajratildi.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026