O‘zbekiston | 18:59 / 12.11.2019
8249
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Xalqaro injyenerlik xizmati» markazi – «kelajak»ni bugun xarid qiling!

Bugungi kunda yurtimizda qurilish, obodonlashtirish, kommunal sohasida ayniqsa, elektrlashtirilgan texnika vositalaridan foydalanishga talab ortib bormoqda. Hozirda tadbirkorlik tuzilmalarini ana shunday elektrotexnika mahsulotlari bilan ta'minlash borasida yurtimizda bir qator firmalar, kompaniyalar faoliyat yuritmoqda.

«Xalqaro injyenerlik xizmati» korxonasi ham ana shunday tashkilotlardan biri hisoblanadi. 2005 yilda tashkil etilgan ushbu tashkilot obodonlashtirish va yo‘l qurilishi sohasida zarur bo‘lgan texnika-texnologiyalar ta'minotini yo‘lga qo‘ygan.

Bugungi kunda ular Xitoy davlati bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi. Mijozlarning ko‘p yillik ishonchli hamkoriga aylangan mazkur korxonada 20 xildan ortiq elektrotexnika va quyosh energiyasi sohasidagi eng yangi, shovqinsiz, ixcham va tejamkor texnikalar, xavfsiz, foydalanish uchun qulay va sodda texnologiyalar mavjud.

Jumladan, obodonlashtirish, kapital qurilish va kommunal sohasiga tegishli ko‘pgina mahsulotlar: o‘t o‘rish, daraxt arralash, dori sepish, shox maydalash kabi uskunalar, yopiq omborxonalar uchun maxsus ekologik toza texnikalar, akkumulyator quvvatida ishlaydigan chiqindi yuklovchi, shuningdek gidroko‘targichli yuk tushiruvchi sanitar texnikalar va har xil rusumdagi yuk tashuvchi uch g‘ildirakli elektrotexnikalar, elektr tokida harakatlanuvchi to‘rt g‘ildirakli yuk mashinasi, maxsus suv sepib, ko‘cha tozalaydigan chang yutkichli boshqaruvli elektromashinalar, benzinli arralar va boshqa mahsulotlarni ehtiyot qismlari bilan aynan «Xalqaro injyenerlik xizmati» korxonasidan xarid qilishingiz mumkin. Ushbu inovatsion texnikalar o‘zining tejamkorligi bilan ajralib turadi. 220 volt kuchlanishli elektr manbasi orqali to‘la quvvatlangan holda 70 kilometrdan 120 kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega.

Eng asosiysi, ushbu elektrotexnikalarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi yoki Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati hududiy organlarining ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, barcha mahsulotlar muddatli kafolat, muvofiqlik sertifikati va tizimli servis xizmatlariga ega!

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasi, 65-A-uy

Telefon: (71) 280-53-24, (97) 733-45-65,

Faks: (71)253-96-93

E-mail: iesuz@mail.ru

Shuningdek, narxga oid ma'lumotlar va boshqa muhim tafsilotlar www.ies.uz saytida!

Reklama huquqi asosida