Tutzorlar oilaviy pudrat asosida aholiga bo‘lib beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Videoselektorda oziq-ovqat xavfsizligidan tashqari ipakchilik sanoatini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
«Pillachilik juda qisqa muddatda – 30-35 kunda eksportbop mahsulot olsa bo‘ladigan tarmoq. Dunyoda 20dan ortiq pilla yetishtiruvchi mamlakat bo‘lsa, O‘zbekiston Xitoy va Hindistondan keyingi o‘rinda turadi. Lekin yurtimizning jahon bozoridagi ulushi – atigi 2,5 foiz.
So‘nggi ikki yildagi sa'y-harakatlar natijasida, xususan, yiliga to‘rt marta ipak qurti boqish hisobiga pilla hosili 19 ming tonnaga yetkazildi.
Yig‘ilishda bu tarmoqdagi bozor kon'yunkturasi tahlil qilinar ekan, mamlakatimizda katta imkoniyatlar borligi ta'kidlandi. Bundan samarali foydalanilsa, yaqin yillarda yillik eksport hajmini kamida 500 million dollarga yetkazish mumkin.
Ayni paytda, tarmoqda qator muammolar bor. Jumladan, tutzorlarning 6 ming gektari yaroqsiz ahvolda. Yana 37 ming gektarda hosildorlik 30 foizga ham yetmaydi. Yuqori ozuqaviy navlar tutzorlar va yakka qator tutlarning bor-yo‘g‘i 5-6 foizini tashkil etadi. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilmayotgani bois ozuqa bazasi yo‘qotilmoqda.
Ipak qurti urug‘ining 80 foizi import qilingan. Yurtimizda super-elita ipak urug‘i yaratadigan yagona muassasa – Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasi eskirgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Shulardan kelib chiqib, 2022 yil yakuniga qadar 20 ming gektar yangi tutzorlar barpo etish hamda 10 ming gektar eskirgan tutzorlarni yangilash rejalashtirilgan.
Buning uchun mavjud tutzorlar oilaviy pudrat asosida aholiga 1 gektardan 3 gektargacha bo‘lib beriladi. Pillachilik klasterlari tomonidan tutzorlarni yangilash uchun tut ko‘chatlari va mavsumda ipak qurti urug‘i tarqatiladi. Pilladan olinadigan daromad bilan bir qatorda, tutzorlar orasiga ekiladigan qo‘shimcha ekinlar ham to‘lig‘icha aholi ixtiyorida qoladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi, viloyat hokimlari va tegishli idoralar rahbarlariga tutzorlar tashkil etish uchun yer ajratish, eskilarini yangilash, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Kelgusi yili pilla yetishtirish hajmini 21 ming tonnaga, 2025 yilgacha esa 30 ming tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Super-elita va elita urug‘larini to‘liq yurtimizda tayyorlash, buning uchun urug‘chilik stansiyalarini qo‘llab-quvvatlash, tutlarni kimyoviy va biologik usullarda himoyalash, joylarda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
Yana bir masala – yurtimizda pilla va ipakni ekpertizadan o‘tkazish va sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar yo‘q. Hozirda buning uchun mahsulot xorijga jo‘natilayotgani bois korxonalar qo‘shimcha xarajat qilyapti. Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi qoshida zamonaviy laboratoriya tashkil etish zarurligini ta'kidladi.
Videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlar va hokimlarning hisobot va takliflari eshitildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
UzAirways yo‘lovchiga maxsus ovqat bermagani uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi
O‘zbekiston | 15:52
-
Orbanning raqibi Ukrainaning YeIga a’zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazishni va’da qildi
Jahon | 15:22
-
Zelenskiy: AQShda Ukrainadagi urush haqidagi Rossiya qarashlari ustunlik qilmoqda
Jahon | 15:13
-
Qirg‘iziston Rossiya elchisidan Moskvadagi fuqarolari tahqirlangani yuzasidan izoh talab qildi
Jahon | 15:04
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

13:16 / 07.02.2025