Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 noyabrga qadar respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”ning 450 MVt quvvatga ega 2-sonli bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) yoqilg‘i filtrlarini tozalash va boshqa nosozliklarni bartaraf etish uchun ta'mirga chiqarildi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu bug‘-gaz qurilmasini pudratchidan qabul qilishdan oldin yakuniy reglament bilan belgilangan ishlar va sinovlar o‘tkaziladi. Sinov jarayoni 16 noyabr kuniga qadar davom etishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, bu bug‘-gaz qurilmasida respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining taxminan 6 foizini tashkil etadi. Shuni inobatga olib, energotizim barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste'mol balansini ta'minlash uchun ba'zi hududlarda elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘ralgan.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026