Adidas Rossiya terma jamoasi kiyimida bayroqning teskari tasvirlanishiga antiqa tushuntirish berdi
Adidas futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi uchun Rossiya bayrog‘i teskari tasvirlangan yangi kiyim ishlab chiqdi. Terma jamoa yangi kiyimni 7 noyabrda taqdim etdi va unda o‘yinga tushishi kerak edi. Biroq futbolkaning yengida tasvirlangan teskari bayroq muxlislar va Rossiya futbol ittifoqi noroziligini keltirib chiqargan.
Shu sababli futbolchilar yangi kiyimni 2020 yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinlari tugamaguncha kiymasliklariga qaror qilingan.
Adidas’ning tushuntirishicha, Rossiya bayrog‘i g‘alaba onlarida futbolchilar qo‘llarini yuqoriga ko‘targanlarida to‘g‘ri ko‘rinishi uchun ataylab teskari tasvirlangan.
“Rossiya bayrog‘i ranglari yangi kiyimning asosiy elementi hisoblanadi. Bu ranglar futbolchilar va muxlislar g‘alabani nishonlab qo‘llarini yuqoriga ko‘targanlarida to‘g‘ri aks etadi. Bizning vazifamiz bayroq g‘alaba onlarida to‘g‘ri aks etishidan iborat edi”, deyilgan kompaniyada. Shu bilan birga kompaniya vakili kiyimdagi bayroq ranglari qo‘lning burilishiga bog‘liq holda turli davlatlar bayroqlarini eslatishi mumkinligini tan olgan.
Avvalroq Rossiya OAVda terma jamoaning ko‘plab futbolchilariga yangi kiyim yoqmagani haqida xabar paydo bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, futbolchilar Belgiyaga qarshi uchrashuvga yangi kiyimda tushishdan bosh tortishgan. Rossiya futbol ittifoqi Adidas bilan uchrashib, kiyimni o‘zgartirishni iltimos qilgan, biroq kompaniya bundan bosh tortgan. Agar shartnoma buzilsa, uni Nike kompaniyasi olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

20:29 / 31.07.2024
Adidas supermodel Bella Xadid ishtirokidagi krossovka reklamasini o‘z resurslaridan olib tashladi

12:20 / 02.04.2024
Adidas Germaniya milliy jamoasi futbolkalaridan 44-raqamni olib tashladi

16:45 / 05.12.2023
Bir-biridan arazlab ikkita kompaniya ochgan aka-ukalar - Adidas va Puma tarixi

14:34 / 26.11.2021