Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Lolaning shov-shuvli klipiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yo‘ldoshevaning internetda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan «Sevgingni menga ayt – 2» qo‘shig‘i klipiga munosabat bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Kuni kecha Lola Yo‘ldoshevaning klipi chiqdi. U «O‘zbekkonsert»ni litsenziya olib, berish tartibini balki to‘g‘ri tanqid qilgandir. Lekin atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, ma'naviyat so‘zini o‘yinchoq qilib qo‘ygani – bu yigirma beshinchi kadr. Afsuski, buni yana ijtimoiy tarmoqda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan», – dedi Bositxonova 15 noyabr kuni matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi o‘tgan oyda xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasini «ma'naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlari» sabab bekor qilgan, ammo ikki kun o‘tib, jamoatchilikning keskin e'tirozi ortidan xonandaga qonuniy ijod qilish huquqini qaytarib bergan edi.
Shu bilan bir vaqtda, bundan oldinroq litsenziyasidan mahrum qilingan san'atkorlar Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova va Halima Ibragimovaga ham ijodiy faoliyatini davom ettirishga ruxsat berilgandi. «O‘zbekkonsert»ning bu qarori ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ayni mavzu Lola Yo‘ldosheva 12 noyabr kuni e'lon qilgan klipda ham tanqid ostiga olingan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Jahon | 11:20
-
Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56
-
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 10:54
-
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
Jahon | 10:48
Mavzuga oid

12:07 / 13.04.2023
«Viloyat va tumanlardagi shifoxonalar uchun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunasiga ehtiyojimiz bor» - Amrillo Inoyatov

09:46 / 07.08.2022
SSV: Asoratli homiladorlik asoratli bolalar tug‘ilishi degani emas

15:59 / 31.10.2021
Ona o‘limi bilan bog‘liq hodisa vazirdan bekitilgani iddao qilindi. Vazir o‘rinbosari izoh berdi

11:40 / 15.02.2021