«Orient» kompaniyalari guruhi Kannda O‘zbekiston vakili bo‘ldi
«Orient» kompaniyalari guruhi 13–16 noyabr kunlari Kann shahrida bo‘lib o‘tadigan eng yirik, xalqaro «MAPOrientIC» ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Unda O‘zbekistondagi tijorat ko‘chmas mulkining investitsiya salohiyatini taqdim etadi.
«MAPIC» ko‘rgazmasi 1995 yilda Kann shahrida tashkil etilgan. «MAPIC»ning asosiy vazifasi turli shaharlardagi riteylerlar, developerlar, investorlar va mutaxassislarni birlashtirish hisoblanadi.
Har yili 80 dan ortiq mamlakatdan chakana savdo bo‘yicha yirik loyihachilar rivojlanish uchun eng yaxshi imkoniyatlarni aniqlash, shuningdek, yangi brendlar, innovatsion yechimlarni topish, o‘z bizneslarini kengaytirish va bozorning oxirgi yo‘nalishlaridan xabardor bo‘lish maqsadida to‘planadilar.
2019 yilgi ko‘rgazma mavzui — «Makonlar va joylarni qayta anglash». U hordiqni hayotiy va tadbirkorlik muhitiga integratsiyalashga bag‘ishlangan birinchi tadbirni o‘tkazish uchun turtki bo‘ladi.
«MAPIC» 2019 — bu:
- 80 mamlakat;
- 8 500 ishtirokchi;
- 750 kompaniya-eksponentlar;
- 180 000 amaliy uchrashuvlar;
«MAPIC» ishtirokchilari:
- Savdo va ko‘ngilochar markazlar, supermarket va gipermarketlar;
- franchayzing tarmoqlari;
- developerlar;
- qurilish kompaniyalari;
- shahar va mintaqalar hokimiyatlarining vakillari;
- arxitektorlar;
- konsalting kompaniyalari;
- moliya muassasalari;
- investorlar;
- kompaniya boshqaruvchilari;
- marketologlar;
Bu yil O‘zbekiston stendida tijorat ko‘chmas mulki sohasidagi ikkita asosiy loyiha taqdim etilgan. Bu Tashkent City da qurilayotgan HYPER PARTNERS va jahon arxitektura giganti Chapman Taylor tomonidan loyihalangan va Orient «MAPIC» kompaniyalari guruhi tarkibiga kiradigan The Tower Mall Management Group boshqaruv kompaniyasining buyurtmasi bo‘yicha quriladigan Infinity Mall loyihalaridir.
O‘zbek delegatsiyasiga riteyl bozoridagi eng yirik o‘yinchilarning vakillari, shuningdek, Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida loyihalar ustida ishlayotgan rasmiy shaxslar va xalqaro mutaxassislar va maslahatchilar kirganlar.
Davron Fayzimatov
The Tower Mall Management Group kompaniyasi boshqaruvchisi
«MAPIC» 2019 taassurotlari
Kanndagi «MAPIC» 2019 ko‘rgazmasi soha hamjamiyati uchun eng ahamiyatli yil hodisalaridan biri hisoblanadi, biz bu yerda olingan axborotni keyinchalik uni amalda qo‘llash uchun tahlil qila olamiz. «MAPIC» da bozorning eng muhim yo‘nalishlari hamma vaqt diqqat markazida bo‘ladi.
Siz bu ko‘rgazmani nechanchi marta kelib ko‘ryapsiz?
Men bu hodisani ketma-ket uch yildan beri kelib ko‘raman va men uchun «MAPIC» — bu hamkasblar bilan ko‘rishish, ular bilan tajriba almashinish va yetakchi jahon trendlari to‘g‘risidagi oxirgi yangiliklarni birlamchi manbalardan bilib olish uchun juda yaxshi bahona.
Siz ko‘rgazmada ishtirok etishda qanday imkoniyatlarni ko‘ryapsiz?
MAPIC bu yilda biz uchun ayniqsa muhim, chunki biz bu yerga yangi loyiha bilan kelganmiz va unga bizning barcha komandamiz juda ko‘p kuch sarflagan. Biz loyihamiz to‘g‘risida butun riteyl-hamjamiyatiga ma'lum qilishni va hozirgi kunda O‘zbekistonda taqdim etilmagan o‘yinchilarning e'tiborini jalb qilishni istaymiz.
Paskal Puyye
Eurasia Group ning boshqaruvchi direktori
Rivojlanayotgan bozorning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston nimani kutmoqda va biz nimadan umid qilishimiz mumkin?
O‘zbekiston — brendlar uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etayotgan yangi, jadal rivojlanayotgan bozordir. Bozor sharoitlari yaxshilanmoqda va ko‘plab kompaniyalar tomonidan qiziqish ortmoqda. Xalqaro brendlar O‘zbekistonni diqqat bilan kuzatmoqdalar va mamlakatda LC Waikiki ning ochilishi O‘zbekistonni dunyo moda sanoatining xaritasiga kiritdi. Eurasia hozirgi vaqtda franshizalar orqali ish olib boruvchi 20 nafar xalqaro brendlarni rasmiy ravishda rivojlantirmoqda va kelajakda o‘z portfelini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Chakana sotuvchilarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi nimada?
Biz mahalliy bozorga kirib kelayotgan yangi brendlarni ko‘rmoqdamiz. Riviera savdo markazining ochilishi bilan bizning yangi ishtirokchilarni jalb qilishga umidimiz yanada oshadi. Shuningdek, 2020-yilda bizning bozorimizga moda sanoatining taniqli gigantlari jadal kirib kelishini ham kutmoqdamiz. Ular bizning butun sanoatimiz qiyofasini o‘zgartira olishi shubhasiz.
2020 yilda O‘zbekiston chakana bozorida taniqli nashrlar va «yulduz brendlar» bo‘ladimi?
2020 yilda bizning Riviera Savdo Ko‘ngilochar Markazi loyihamizda Armani Exchange va Trussardi kabi «yulduz brendlar» ochiladi. Ikkala brend ham premium segmentga mansub bo‘lib, moda ixlosmandlari orasida haqiqiy hayajon uyg‘ota oluvchi kiyimlarni taqdim etadilar.
Roman Sayfulin
Makro supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchisi
Kelasi yil davomida bozor FMCG chakana bozoridan nimalarni kutmoqda?
Qonunchilik va soliqni tartibga solish borasidagi o‘zgarishlarga muvofiq, biz ochiq bozorlardagi an'anaviy savdoning aksariyat qismi davlatning yangi joriy etilgan talablarini inobatga olgan holda tashkillashtirilgan savdoga tartibli ravishda o‘tishini kutyapmiz, bu esa soliqlarning budjetga o‘tishi hamda sanitar-gigiyenik normalarga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu yakuniy xaridorga sotib olinayotgan mahsulotning sifatli ekanligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.
FMCG ning chakana segmentidagi qaysi asosiy jahon trendlarini kuzatib borasiz?
Jahon trendlari haqida gap ketganda shuni qayd etish kerakki, bugungi kunda yirik shaharlar va faol poytaxt shaharlardagi birinchi raqamli trend — bu onlayn-savdo va yetkazib berish xizmatiga o‘tishdir. Onlayn-xarid yetkazib berish xizmati bilan ham, do‘kondan tayyor buyurtmani olib ketish yo‘li bilan ham olib borilishi mumkin. Maksimal darajadagi aylanmaga erishgan ikkinchi trend bu — Convenience Store — milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan, yo‘llar gavjum bo‘ladigan shaharlarda xaridorlar uchun o‘zlarining zaruriy xaridlarini amalga oshirish imkonini beruvchi uyiga eng yaqin joyda joylashgan qulay do‘konlardir.
O‘zbek bozori o‘zini jahon sanoatining bir qismi deb his qilishi, jahon FMCG chakana savdo tajribasini o‘rganishi va o‘z amalida qo‘llab ko‘rishi hamda zamon bilan hamnafas bo‘lishni qanchalik tez amalga oshira oladi?
Birinchidan, O‘zbekistondagi iqtisodiy iqlimni o‘zgartirish bo‘yicha davlat rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan barcha jarayonlar tarmoq shaklida (biz jahon operatorlari chiqishining guvohi bo‘lmoqdamiz) hamda mamlakat bo‘ylab joylashgan alohida supermarketlar misolida ham zamonaviy uyushgan chakana sotuvchilar sonining o‘sishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Umid qilamizki, bozorimizga xalqaro ishlab chiquvchilar va amalga oshiruvchilar kirib kelishi bilan yuqori sifatli chakana savdo maydoni ko‘payadi, bu yerda chakana savdo ishtirokchilari zamonaviy chakana savdoni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan barcha standartlarga rioya qilgan holda qulay ishlashlari mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekiston bozori zamonaviy chakana savdo bilan shu qadar to‘yinganki, uning rivojlanish yo‘llari hanuzgacha xilma-xil: yirik gipermarketlardan tortib (ammo bu yerda assortimentni to‘ldirish muammosi mavjud) to klassik supermarketlar va qulay do‘konlargacha. Albatta, biz professional onlayn-operatorlarning chiqishidan katta umid qilamiz va Makro supermarketlar tarmog‘i ham to‘xtab turmaydi. 2020 yilda xaridorlarimiz uchun o‘zining onlayn-platformasini ishga tushiradi.
Maksim Mankevich
«Do‘konlar Do‘koni» rivojlantirish bo‘yicha direktor
O‘zbekiston bozorining raqobatbardosh afzalliklari va kamchiliklari nimada?
Rivojlanishning hozirgi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, ko‘chmas mulk bozoridagi O‘zbekiston uchun istiqbollar bugungi kunda ijobiy ko‘rinish kasb etgan. Ayni vaqtda O‘zbekistonning keyingi o‘n yillikda yirik mintaqaviy o‘yinchiga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Bugungi kunga kelib Toshkent Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlaniyotgan megapolisidir. Ko‘chmas mulk savdosi bozori uchun, o‘z navbatida, mintaqaning chakana savdo bozori aholining iste'mol tovarlari, restoran xizmatlari, qahvaxonalar va hordiq chiqarish joylariga bo‘lgan talabi naqadar kuchli hamda dinamik tarzda rivoj olayotgani juda ahamiyatlidir:
- Bozor hajmi. Toshkent Markaziy Osiyoning nafaqat eng yirik shahridir, balki tobora o‘sib borayotgan iste'mol bozoridir ham. So‘nggi yillarda shahar aholisi yiliga o‘rtacha 40 ming kishiga ko‘paymoqda. Bu savdo markazlari uchun eng qiziqarli bo‘lgan auditoriya – o‘rtacha 32,5 yoshdagi toshkentliklar ekanligini anglatadi.
- Aholi daromadlarining oshishi. So‘nggi besh yilda aholi jon boshiga real daromadlar o‘rtacha hisobda 9,5 % ga, real o‘rtacha oylik ish haqi — 7,3 % ga o‘sdi.
- Chakana savdo tovar ayirboshlash jihatidan ijobiy dinamikasi. 2020 yilga kelib ushbu ko‘rsatkichning 2013 yilga nisbatan ikki barovar ko‘payishi kutilmoqda. Iste'mol hajmining o‘sib borishi ko‘p jihatdan iste'molchilar odatlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq — zarur tovarlar toifalari uchun xarajatlar ulushi kamayadi, dam olish, ko‘ngilochar tadbirlar, uydan tashqarida ovqatlanish, boshqa xizmat turlari hamda yuqori maqomga ega bo‘lgan tovarlarni sotib olish uchun xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Umumiy ovqatlanish segmenti chakana tovar ayirboshlashga nisbatan tez sur'atlar bilan osib bormoqda. Mazkur jarayonlarni ikkita omil bilan bog‘lash mumkin: gastronomik xilma-xillikning rivojlanishi va zamonaviy rivojlangan shaharlarga xos bo‘lgan iste'molchilar xatti-harakatlarining asta-sekin o‘zgarib borishi (umumiy ovqatlanish uchun xarajatlarning o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun xarajatlar ulushining kamayishi bilan birga keladi).
Toshkentning savdo ko‘chmas mulk bozori faol iqtisodiy o‘sish sharoitida MDH ning barcha yirik shaharlari orasida eng past darajada to‘yinganligicha qolmoqda. Masalan, Moskva shahri aholisini zamonaviy savdo markazlaridagi maydonlar bilan ta'minlanishi Toshkentga nisbatan 10 baravar, Almati aholisi esa 8 baravar ko‘p. Savdo ko‘chmas mulk sohasida e'lon qilingan barcha loyihalar Toshkentda amalga oshirilgan bo‘lgan taqdirda ham, aholini ta'minlanganlik indikatori 125 m²/1000 ga to‘g‘ri keladi, shunday bo‘lganda ham, masalan hozirgi davrda Bishkekdagidan ham kamroqdir. Mazkur raqamlar, hattoki biz turli mamlakatlar va shaharlardagi turmush darajasidagi tafovutni hisobga olsak ham, O‘zbekiston poytaxtida yuqori sifatli savdo ko‘chmas mulk bilan bozorning to‘yinganligi past daraja ekanligini aks ettiradi.
So‘nggi yillar davomida biz MDH hududidagi xalqaro savdo belgilarining faoliyatini sinchkovlik bilan o‘rganmoqdamiz. Quyidagi tobelikni aniqlashga musharraf bo‘ldik: shahardagi zamonaviy savdo markazlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, chakana savdo tarmoqlari, shu jumladan yirik global o‘yinchilari do‘konlarining konsentratsiyasi bo‘lar ekan. Toshkentda noyob holat yuzaga kelgan: ko‘plab xalqaro brendlar mavjud, biroq savdo qilish maydonchalari kam. Buning asosiy sababi, o‘zbekistonlik kompaniyalarning taniqli jahon brendlari ostida mamlakatda do‘kon ochish uchun franchayzing shartnomalari tuzish borasidagi faolligidir. Masalan, Eurasia Group ishtirokchilaridan faqat bir nafarigina, O‘zbekiston hududida 20 ta brendni rivojlantirish huquqiga egadir.
Jahon bozoridagi jiddiy chakana savdo o‘yinchilarni jalb qilish imkoniyatlari o‘zbek bozori uchun qanday?
Bozorning asosiy «geymchenjyerlari» ushbu yo‘nalishga qaraydimi va o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston ular uchun qanchalar qiziq?
Ayni paytda Toshkent bozorida xalqaro brendlar sonini ko‘paytirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘zbekistonning barqaror o‘sib borayotgan iqtisodiyoti tufayli xalqaro brendlarning soni, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmi o‘sishini taxmin qilish mumkin. Bunga iqtisodiy o‘sishdan tashqari, 2019-2021 yillarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan yuqori sifatli yangi savdo markazlarining ochilish ham yordam beradi. Axir, yuqorida aytib o‘tganimizdek, zamonaviy yuqori sifatli savdo markazlari ochilishidan so‘ng brendlar o‘zlari uchun yangi bozorlarga chiqadilar.
Shunday qilib, Toshkentdagi «Samarqand Darvoza» KSM ning paydo bo‘lishi bilan Koton, Colin's turk brendlari, Fransiyaning Jennyfer brendi, shuningdek, Etam, US Polo, Guess, Cacharel, Celio va boshqa xalqaro brendlar paydo bo‘ldi. 2018 yilda LC Waikiki turk brendining birinchi do‘koni ochildi. Umumiy ovqatlanish segmentidagi dunyo yetakchilari KFC va Wendy's bu yil Toshkent bozorida faol ravishda kengayishni boshladi.
Ishonchimiz komilki, yangi savdo markazlarining ochilishi bilan, dunyoning eng yirik o‘yinchilari yaqin kelajakda Toshkentga chiqishadi. Inditex guruhi (Zara, Bershka, Stradivarius, Pull&Bear, Massimo Dutti va boshqalar) poytaxtda o‘z do‘konlarini ochishdan manfaatdor. Ehtimol, yaqin kelajakda LVMH guruhining lyuks do‘konlarining ochilishi bo‘lib o‘tishi mumkin.
O‘zbekiston bozorining o‘ziga xos xususiyati — uning Yaqin Sharq mamlakatlari bilan barqaror madaniy va iqtisodiy aloqalari hisoblanadi. Aynan ushbu mintaqada barcha yirik global chakana savdo brendlarini ochish huquqiga ega bo‘lgan bir qator yirik kompaniyalar joylashgan. Ushbu kompaniyalarning har biri Toshkent bozoriga 10-15 ta yangi brendlarni olib kelishga qodirdir. Rasmiy global bozor o‘yinchilari bilan ishlash tartibing o‘rnatilishi, ko‘p jihatdan O‘zbekistondagi chakana bozorning rivojlanishiga ta'sir qiladi.
Big Box formatida rivojlanayotgan brendlar (DIY gipermarketlari, FMCG segmenti) O‘zbekistonda rivojlanishda ba'zi bir noaniqliklarni his qilishadi. Ular uchun mamlakatda hali mavjud bo‘lmagan, yerga xususiy mulkchilik masalasidagi aniqlik muhimdir.
E'tibor bering, Rossiyaning eng yirik o‘yinchilari O‘zbekiston bozorini yanada kengaytirish uchun unda faol izlanmoqdalar. Rossiya Federatsiyasidagi shaharlarning ko‘plab chakana bozorlarida to‘yinganlik allaqachon sezilgan, shuning uchun qo‘shni mamlakatga kirish tadbirkorlikni rivojlantirish uchun samarali variantlardan biridir. Bizning fikrimizcha, yaqin kelajakda Toshkent savdo markazlarida «Sportmaster», «Detskiy mir» tarmog‘i do‘konlari va boshqa taniqli yetakchilarning ochilishini kutishimiz kerak.
Reklama huquqi asosida