Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada al-Bag‘dodiyning 25 nafar qarindoshi qo‘lga olindi
Turkiya xavfsizlik kuchlari IShIDning yaqinda yo‘q qilingan yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning 25 nafar qarindoshini qo‘lga oldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Turkiya kuch tuzilmalari xodimlari Kirshehir, O‘rdu, Samsun va Shonliurfa viloyatlarida terrorizmga qarshi operatsiyalar o‘tkazgan.
Turkiya bosh prokuraturasi qo‘lga olinganlarning barchasini terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda ayblamoqda.
Avvalroq Suriyada al-Bag‘dodiyning opasi Rasmiya Avaz ushlangani ma'lum qilingandi. Manbaning ma'lum qilishicha, Avaz bilan birga uning turmush o‘rtog‘i, kelini va 5 farzandi ushlangan. 65 yoshli Avaz IShID bilan aloqalarda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
14:15 / 21.01.2020
OAVda IShIDning yangi yetakchisi ismi oshkor qilindi
18:53 / 06.01.2020
AQShning Sulaymoniydan avvalgi dushmanlari: Saddam Husayndan al-Bag‘dodiygacha
10:11 / 05.11.2019
Suriyada al-Bag‘dodiyning opasi ushlangani ma'lum qilindi
09:38 / 31.10.2019