2020 yilda sayohatlar uchun eng xavfli va eng xavfsiz davlatlar ma'lum qilindi
International SOS xalqaro tashkiloti ekspertlari sayyohlarni 2020 yilda xorijda kutishi mumkin bo‘lgan xavflardan ogohlantiruvchi interaktiv xaritani tuzishdi. Uning yordamida sayyohlar u yoki bu davlatga tashrif vaqtida xavfsizlik nuqtai nazaridan ularni qanday qiyinchiliklar kutayotganini bilishlari mumkin.
Xaritani tuzishda uchta asosiy mezon: xavfsizlik sohasidagi vaziyat, tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari va yo‘l harakati xavfsizligi inobatga olingan.
Uchta mezon bo‘yicha sayohatlar uchun eng xavfli davlatlar Afg‘oniston, Venesuela, Liviya va Somali deb tan olingan. Eng xavfsiz davlatlar sifatida Skandinaviya davlatlari, jumladan Norvegiya, Finlyandiya, Islandiya va Shvetsiya aytilgan.
Mutaxassislar turli kasalliklar yuqtirish xavfi yuqori davlatlar sirasiga Afrika davlatlari, jumladan, Niger, Liberiya, Gvineya, Serra-Leone, Janubiy Sudan, Eritreya va Markaziy Afrika Respublikasini kiritishgan. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash darajasi juda past davlatlar qatoriga Yaman, Suriya va Shimoliy Koreya kiritilgan. Tibbiyot tomondan eng xavfsiz davlatlar sifatida Yevropa davlatlari, Kanada, AQSh, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiya keltirilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi nuqtai nazaridan Afrika davlatlaridan tashqari, Venesuela, Beliz, Dominikan Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Tailand va Vetnam eng xavfli davlatlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
23:10 / 24.10.2024
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
11:00 / 09.10.2024