23:39 / 18.11.2019
0
6959

“Titan Travel” O‘zbekistonni 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shdi 

“Titan Travel” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Borneo va Kosta-Rika bilan bir qatorda 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali va ekzotik yo‘nalishlardan biri sifatida tan olindi. 

2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali davlatlarning Top-20 ro‘yxatidan AQSh, Kanada, Italiya, Hindiston, Janubiy Afrika, Avstriya, Vetnam, Yaponiya, Xitoy, Avstraliya, O‘zbekiston, Misr, Ispaniya, Kosta-Rika, Borneo, Gretsiya, Sloveniya, Kuba, Peru va Islandiya mamlakatlari o‘rin olgan. 

“Reytingni tuzish davomida alohida mamlakatlarning turizm salohiyati o‘sayotganini kuzatdik. Masalan, O‘zbekiston Top-20 ro‘yxatiga kiritildi, Kosta-Rika 14-pog‘onaga yuqoriladi Borneo birinchi marta yigirmatalikdan o‘rin oldi”, - deydi “Titan Travel” boshqaruvchi direktori Endi Skvirell. 

Reyting mehmonxonalarni band qilish, ekspertlar hamda sayohatchi-jurnalistlar fikri asosida tayyorlangan. 

Endi Skvirellning ta'kidlashicha, bugungi kunda tashkilot 70 mamlakat hamda 7 qit'ani o‘zida mujassam qilgan 300 dan ortiq yo‘nalishni taklif qilmoqda.  

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top