Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Belarus bilan viza rejimini soddalashtirishga rozi bo‘ldi
Yevroittifoq kengashi Belarus bilan viza rejimini soddalashtirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashga tayyorligi to‘g‘risidagi qarorni e'lon qildi.
«Ushbu qaror bilan YeI nomidan Belarus Respublikasi bilan viza rejimini soddalashtirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashga ruxsat etiladi», — deyiladi qarorda.
Sentyabrda Belarus tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glaz Aleksandr Lukashenko YeI bilan viza berishni soddalashtirish to‘g‘risidagi kelishuvga rozi bo‘lganini bildirgandi. Unga ko‘ra, belaruslar uchun shengen vizasi narxi 60 yevro o‘rniga 35 yevro bo‘ladi, viza olish muddati esa o‘n kungacha qisqaradi (qo‘shimcha tekshiruv lozim bo‘lgan holatlarda esa 30 kungacha).
Tomonlar viza kelishuvi masalasida 2014 yildan beri muzokara o‘tkazayotgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
19:55 / 29.05.2026