Iqtisodiyot | 12:42 / 21.11.2019
5860
2 daqiqa o‘qiladi

EPSILON: «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda uglevodorodlar qazib olish hajmi ko‘paytirildi

20-21 noyabr kunlari o‘tkazilgan GRP ishlari yakunida Janubiy Tandircha konidagi uchta quduqdan gazning sanoat oqimlari olindi. Ulardagi umumiy kunlik debit hajmi esa 350 ming dan 550 ming kub.m. gacha ortdi.

GRP ishlaridan so‘ng Janubiy Tandircha-27 qudug‘ining kunlik debit hajmi 180 ming kub.m. gacha ortdi.

GRP ishlaridan so‘ng Janubiy Tandircha-57 qudug‘ining kunlik debit hajmi 200 ming kub.m. gacha ortdi.

GRP ishlaridan so‘ng Janubiy Tandircha-32 qudug‘ining kunlik debit hajmi 170 ming kub.m. gacha ortdi.

Shuningdek, gaz uzatish quvurlarini qurish ishlari davom etmoqda:

21 noyabr holatiga ko‘ra 16,2 ming tn quvurlar (98,1 km) keltirish uchun yuklandi; 10 ming tn quvurlar (60,8 km) keltirildi; 20 km xandaqlar kavlandi; 30,3 km qatorga payvandlandi; 3,5 km quvurlar yotqizildi.

Gaz uzatish quvurlarini qurish ishlari joriy yilning 6 dekabr kuni yakunlanadi.

Kompaniya ishlarning borishi haqida ma'lumot yetkazib boradi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid