Farg‘ona vodiysidagi birinchi osmono‘par binolar Namanganda barpo etiladi
Toshkentdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “Namangan Square” loyihasining qurilishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Unda jurnalistlarga MJ Developers xalqaro qurilish kompaniyasi hammuassisi Ankit Jalan ushbu loyiha haqida batafsil ma'lumot berdi.
18 gektar maydonda “aqlli shahar” qurish rejalashtirilmoqda. “Namangan Square”ning asosiy bezagi noyob dizayn va konstruksiyali ikki bino hisoblanib, ular MJ Developers tomonidan bunyod etiladi. Binolar Farg‘ona vodiysidagi birinchi baland binolar bo‘ladi.
Jalanning ta'kidlashicha, taxminan 325 000 kvadrat metr ish joylari, turar joylar va chakana savdo maydonchalarini 10 gektardan ortiq park maydonida noyob landshaft dizayn bilan qurish rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, “Namangan Square”dagi puxta o‘ylangan sport va hordiq chiqarish muhiti shahar aholisi va mehmonlariga to‘laqonli mashg‘ulotlar o‘tkazishga imkon beradi. Shuningdek, yugurish va velosiped yo‘llari, vorkaut va skeyting uchun maydonlar, shuningdek, basketbol, tennis, futzal va golf mashqlari uchun maydonlar qurish rejalashtirilgan.
Kompaniya vakili Sardor Jonpo‘latovning ma'lum qilishicha, MJ Developers zamonaviy binolar barpo etish bo‘yicha katta tajribaga ega. Kompaniya, shuningdek, Buxoroda to‘rt yulduzli mehmonxona barpo etmoqda. “Namangan Square” mamlakatimizda uning ikkinchi loyihasi bo‘lib, u Namangan shahrining aeroport yo‘li hududida quriladi. To‘rt yil davomida qurilishi mo‘ljallangan loyiha ikkita baland bino, 1 ming 500 xonadon, 3 bog‘cha, maktab qurilishini o‘z ichiga oladi. Ayni chog‘da ofis qurilishi ishlari yakunlandi. Shu yilning 22 noyabr kuni ofis ochilishi va sotilish jarayonlari o‘tkaziladi.
Kompaniya 2021 yilda 10 ming kishi Namangan Square’da istiqomat qilishni boshlashiga umid qilmoqda. Namangan Square’ni loyihalashda taniqli hind arxitektori Hafiz Kontraktor ishtirok etgan.
MJ Developers kompaniyasiga Dubay shahrida asos solingan bo‘lib, u Braziliya, Hindiston, BAA, Rossiya va boshqa mamlakatlarda yirik loyihalarni amalga oshirgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

21:56 / 15.05.2025
Namanganda gaz zapravkada «Jiguli» yonib ketdi

18:39 / 14.05.2025
Namangan shahar hokimi bilan radarlar masalasida “o‘chakishgan” podpolkovnik boshqa ishga o‘tkazildi

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

14:57 / 08.05.2025