Jamiyat | 14:14 / 21.11.2019
3630
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda maxsus huquqiy maslahatxonalar tashkil etildi

Foto: Tergov departamenti

Toshkent shahri hududidagi mahallalar, aholi gavjum joylar va bozor hududlarida jami 89ta huquqiy maslahatxona tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ushbu maslahatxonalar kerakli huquqiy adabiyotlar bilan ta'minlanib, haftaning seshanba kunlari tergov tizimida xizmat qilayotgan tajribali huquqshunos xodimlar tomonidan fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularga jinoiy, ma'muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha bepul huquqiy maslahatlar berib, turli ko‘rinishdagi jinoyat va huquqbuzarliklarni qurboni bo‘lib qolmasliklari hamda ortiqcha sarf-xarajat va vaqt sarflamasliklariga asosiy e'tibor qaratilmoqda.

Toshkent shahri hududidagi barcha fuqarolar o‘zlariga yaqin bo‘lgan mahalla markazlarida tashkil etilgan «Huquqiy maslahatxona»ga borib, malakali huquqshunos xodimlardan bepul huquqiy maslahat olishlari mumkinligi ma'lum qilindi.