Habib Nurmagomedov: «UFC bilan kelishilsa, «Humo arena»da jang o‘tkazishga roziman»
Ertaga, 23 noyabr kuni «Humo Arena»da O‘zbekiston tarixida ilk bor aralash jang san'atlari (MMA) bo‘yicha GFC-20 turniri bo‘lib o‘tadi. Turnir doirasida 12ta jang o‘tkaziladi. Kechaning markaziy to‘qnashuvida rossiyalik Umar Nurmagomedov argentinalik Brayan Gonsalesga qarshi jang olib boradi.
12 jangning 7tasida o‘zbekistonlik sportchilar ham oktagonga chiqishadi. Bular – Nursulton Ro‘ziboyev, Amin Ergashev, Muzaffar Rajabov, Jamshid Rahmonaliyev, Ahliddin Mirzadavlatov, Jahongir Jumayev hamda Avliyoxon Hamidov.
Bugun «Xalqaro anjumanlar saroyi»da ushbu turnir oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov, turnirning asosiy mehmoni sifatida yurtimizga tashrif buyurgan UFC chempioni Habib Nurmagomedov, uning otasi hamda ustozi Abdulmanap Nurmagomedov va boshqalar ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston MMA prezidenti Otabek Umarov turnirni qabul qilishdan maqsad nima ekanligi haqida gapirib o‘tdi:
«GFC-20 turnirini Toshkentda o‘tkazishga rozi bo‘lganliklari uchun tashkilot rahbarlariga rahmat aytaman. Bu – boshlanishi. Kelajakda bundan-da katta musobaqalarni Toshkent shahri va viloyatlarimizda o‘tkazishni maqsad qilganmiz. MMAni rivojlantirish uchun jahon darajasidagi mashhur sport murabbiylarini ham yurtimizga taklif etmoqchimiz».
UFC chempioni Habib Nurmagomedov bu turnir o‘zbek sportchilari uchun tramplin vazifasini bajarib berishini alohida ta'kidlab o‘tdi.
«Bu turnirning O‘zbekistonda o‘tkazilishi o‘zbek sportchilari uchun tramplin vazifasini bajarib beradi. 4-5 yil ichida o‘zbek aralash jang san'ati sportchilari UFC'ning markaziy janglarida o‘zlarini ko‘rsatishadi».
Shuningdek, Habib O‘zbekistonda chempionlik jangini o‘tkazishga rozi ekanligini ham aytib o‘tdi.
«O‘zbekistonda jang qilishga qarshi emasman. «Humo Arena» UFC janglarini o‘tkazish uchun mos keladi. Agar O‘zbekiston MMA federatsiyasi UFC bilan kelisha olsa, men bajonidil bu yerda jang qilgan bo‘lardim».
O‘zbekiston aralash jang san'atlari terma jamoasi bosh murabbiyi Sunnat Ilyosov sportchilarimiz bo‘lajak janglarga tayyor ekanligini aytdi.
«Tayyorgarligimiz a'lo darajada o‘tdi. Sportchilar jangga tayyor. Muxlislarni g‘alabalar bilan xursand qilishga intilamiz».
Ma'lumot uchun, GFC-20 turniri janglari ertaga, 23 noyabr kuni soat 18:00da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi
Iqtisodiyot | 14:35
-
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
O‘zbekiston | 14:25
-
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
Jahon | 14:20
-
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:11
Mavzuga oid

18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi

21:36 / 11.10.2024
Toshkentda birinchi marta KXL o‘yini o‘tkaziladi

20:30 / 13.09.2024
«Humo Arena» oldidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi

18:33 / 15.08.2024