Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron mamlakatdagi tartibsizliklarga aloqador davlatlarga «qaqshatqich javob» berishini ma'lum qildi
Eron vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy mintaqadagi mamlakatlarni Erondagi tartibsizliklarga aloqadorligi isbotlanadigan bo‘lsa, ularni «qaqshatqich javob» kutayotganligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.
Eron vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy mintaqadagi mamlakatlarni Erondagi tartibsizliklarga aloqadorligi isbotlanadigan bo‘lsa, ularni "qaqshatqich javob" kutayotganligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.
"Mintaqadagi ayrim mamlakatlar agarda Eronda tartibsizliklar uyushtirishga aralashgani isbotlanadigan bo‘lsa, ular yaxshi kunlarni ko‘rmasliklarini bilishi lozim. Eron bunday hazil va qiliqlarga toqat qiladigan davlat emas", - dedi Jahongiriy.
U agarda biror davlat Eronga zarar yetkazish uchun uning ichki ishlariga aralashgan bo‘lsa, ular "shubhasiz qaqshatqich javob olishini" qo‘shib qo‘ydi.
Keyingi kunlarda Eronning qator shaharlarida benzin narxi oshishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ayrim joylarda namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026