Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surish taklifi bildirildi
Tojikiston prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi institutida prezident Imomali Rahmonning nomzodini tinchlik uchun Nobel mukofotiga ilgari surish rejalashtirilmoqda.
Foto: Tojikiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Ushbu tashabbusni institutning xalqaro munosabatlar fakulteti dekani o‘rinbosari va 3-bosqich talabasi bildirgan.
Tojikistonda Rahmon nomzodini ushbu mukofotga ilgari surish birinchi marta taklif qilinmayapti.
2000 yilda Tojikiston xalq yozuvchisi Sattor Tursun aynan Rahmon ushbu nufuzli mukofotni olishga loyiqligini aytgandi.
2016 yilda shunday taklifni sobiq suv xo‘jaligi vaziri Hikmatullo Nasriddinov bildirgan.
2018 yilda Tojikiston o‘zbeklari jamiyati Imomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodlarini Nobel mukofotiga ilgari surish uchun imzolar to‘plash kampaniyasini boshlagandi.
Mavzuga oid
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
19:07 / 22.12.2025
«Bu meni dahshatga soldi». Putin Imomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
08:45 / 18.12.2025
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi
16:45 / 15.11.2025