Jahon | 19:40 / 25.11.2019
8825
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Belarus muxolifati xorijdan «katta pul» olayotganini ma'lum qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi muxolifat amerikalik va germaniyaliklardan «katta pul» olayotganini aytdi.

"Sizlar (Shvetsiya va Finlyandiya tashqi ishlar vazirlari) muxolifatga pul bermanglar. Ular pul berishyapti, bular esa u pullarga avtomobillar sotib olishyapti, qasrlar qurishyapti. Katta pul kelyapti. Hammasini ko‘rib turibmiz. Biz ko‘rmayotganni rossiyaliklar aytishyapti. Odatda Litva, Polsha orqali pul kelyapti. Amerikaliklar, nemislar yaxshi moliyalashtirishyapti. Muxolifat yaxshi yashayapti. Ularga hokimiyat, boshog‘riqning nima keragi bor?" – dedi Lukashenko.

BelTAning xabar berishicha, Lukashenko o‘zi bilan uchrashgan Shvetsiya va Finlyandiya tashqi ishlar vazirlari yaqinda saylangan Belarus parlamentida g‘arbparast muxolifatchilar yo‘qligidan norozi bo‘lishganiga e'tibor qaratgan. 

"Parlamentning avvalgi tarkibida (muxolifatdan) uch kishi bor edi, bu safar birorta ham yo‘q. Bunga men sababchi emasman. Odamlar ularni qo‘llab-quvvatlamasa, men nima qilay?" – dedi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 17 noyabr kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid