Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy har haftada xalqqa hisobot topshirishga va'da berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy haftada kamida bir marta bajarilgan ishlar to‘g‘risida fuqarolarga ma'lumot berishi haqida ma'lum qildi.
"Sizlar bilan haftada kamida bir marta uchrashish va o‘tgan hafta davomida qanday ishlarni amalga oshirganimiz to‘g‘risida xabardor qilish fikri tug‘ildi", - dedi u YouTube kanalida joylashtirilgan videomurojaatida.
Ukraina prezidenti mamlakatda yuz bergan so‘nggi voqelar haqida so‘zladi. U murojaatini Rossiya Ukrainaga 2018 yilda hibsga olingan kemalarni qaytarib berganidan boshladi.
Bundan tashqari, u 2020 yil uchun mamlakat budjeti qabul qilingani haqida so‘z yuritdi.
Zelenskiy 9 dekabrda Parijda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lajak "normand to‘rtligi" (Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina) muzokaralariga alohida e'tibor qaratdi.
Ukraina prezidenti shuningdek, Kiyev joriy yilgi isitish mavsumiga tayyor ekanligini hamda mamlakat yerosti omborlarida "rekord miqdordagi gaz zaxiralari" borligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
12:11 / 06.07.2026