Jamiyat | 15:00 / 27.11.2019
3988
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Crazy Summer» aksiyasining yakunlari: sovrindorlar uchun yoz davom etmoqda

O‘ziga misli ko‘rilmagan darajada ko‘p ishtirokchilarni jalb etgan «Crazy Summer» tanlovining yakuniy natijalari.

Taqvimdagi sanalarga qaramay, yoz hanuz davom etmoqda. Aniqroq aytganda, «Crazy Summer» tanlovining g‘olibi uchun bu ajoyib fasl hech tugamaydi. Axir, bu baxtli g‘olib inson Vitamin Drinktec va Impuls ichimliklarining lazzatli ta'mi kabi yorqin va zavqli Tailandda yozgi ta'tilini maroqli o‘tkazishga muyassar bo‘ladi. Brendlar tanlov sarhisoblarini yakunlab bo‘ldi va biz ularni siz bilan baham ko‘rishga tayyormiz. 

Aksiyani e'lon qilish chog‘ida, tashkilotchilar O‘zbekiston aholisi orasida Vitamin Drinktec B va C, hamda Impuls kabi ichimliklarni xush ko‘ruvchilar borligini taxmin qilgan edi. Ammo, fotosuratlarini baham ko‘rishni istaganlar soni barcha kutganidan ham ziyoda bo‘lib chiqdi. Eslatib o‘tamiz, tanlov shartlariga ko‘ra, sovg‘ani qo‘lga kiritish uchun istalgan kishi rasmiy @vitamindrinktec kanaliga obuna bo‘lib, yuqoridagi ichimliklar bilan fotosuratni @vitaminuz_bot botiga yuklashi kerak edi. 

Tanlov davomida har hafta qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaldi.  Har hafta 20 nafar ishtirokchi musiqa uchun quloq minigarniturasi egalariga aylandi,  bundan tashqari 20 kishi Mi Band fitnes brasletlariga ega bo‘ldi, hamda 10 ta omadi chopgan ishtirokchilar esa yangi Redmi 6 rusumli smartfonini yutib,  nihoyatda mamnun bo‘lishdi. O‘zbekistonning turli mintaqalaridan ishtirok etgan insonlar tanlovning shaffof, halol va ochiq o‘tkazilishiga shaxsan amin bo‘lib,  «Crazy Summer» quvonch va xushchaqchaqlik hadya etishiga bevosita guvoh bo‘ldilar.

Jami tanlov davomida 80 ta bluetooth minigarniturasi, 80 ta fitnes brasletlar va 40 ta mobil telefonlar o‘ynaldi. Ammo shubhasizki, eng katta sovrin – tanlov bosh qahramonining Tailandga ikkita yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bo‘ldi. Bu omadli insonga oq yo‘l tilagan holda, umid qilamizki, chiptalarning egasi ta'tildan ajoyib fotosuratlar va sayohatning yorqin taassurotlari bilan ulashib, barchamizni xursand qiladi. 

Reklama huquqi asosida