Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dog‘istonda qotilliklar va teraktga aloqador 250 kishilik jinoiy to‘da faoliyatiga chek qo‘yildi
Dog‘iston huquq-tartibot idoralari “Sharapovskiye” deb nomlangan uyushgan jinoiy to‘da faoliyatiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmatida ma'lum qilindi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, guruhga 250 dan ko‘proq kishi, jumladan Dog‘iston ichki ishlar vazirligining 2007-2015 yillardagi amaldagi xodimlari, respublikaning advokatlik palatasi advokatlari va yashirin terrorchilik guruhlari a'zolari kirgan.
FXXning ma'lum qilishicha, to‘da a'zolari 2007-2015 yillarda Dog‘iston va Moskvada bir qator biznesmenlar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining o‘ldirilishiga, odamlar o‘g‘irlanishiga, tovlamachilik, o‘g‘rilik va bosqinchiliklarga aloqador bo‘lgan.
Shuningdek, guruh a'zolari 1998 yilda Mahachqal'ada terakt sodir etishgan. Bu terakt oqibatida bir necha o‘nlab odam halok bo‘lgan, yuzdan ko‘proq odam jarohatlangan.
FXXda ta'kidlanishicha, ushbu jinoyatlarning asosiy tashkilotchilari va ijrochilari qo‘lga olinganlar.
Mavzuga oid
09:11 / 10.06.2026
Dog‘istonda magistral gaz quvurida portlashlar yuz berdi
09:41 / 20.05.2026
Dog‘istonda saqlanayotgan 24 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi
15:04 / 06.04.2026
Dog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
18:30 / 05.04.2026