London markazida qurolli shaxs yo‘lovchilarga hujum qildi. U politsiyachilar tomonidan qo‘lga olindi
Buyuk Britaniya poytaxti London shahri markazidagi London Bridge ko‘prigida noma'lum shaxs o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi.
Sky News nashri ma'lumotiga ko‘ra, u yo‘lovchilar tomonidan qurolsizlantirilgan. Ko‘p o‘tmay voqea joyiga politsiya bo‘linmasi yetib kelgan, politsiyachilar hujum qilgan shaxsga qarata o‘t ochib uni jarohatlashgan va qo‘lga olishgan.
Ijtimoiy tarmoqda uning qo‘lga olish jarayoni videosi tarqaldi.
Ayni vaqtda ko‘prik ikki tomondan to‘sib qo‘yilgan.
Hujum qilgan shaxsni jinoyatga undagan sabablar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
London politsiyasi hodisa oqibatida bir necha kishi jarohatlangani taxmin qilinayotgani haqida yozgan.
Police were called at 1:58pm to a stabbing at premises near to London Bridge.
— Metropolitan Police (@metpoliceuk) November 29, 2019
Emergency services attended, including officers from the Met and @CityPolice.
A man has been detained by police. We believe a number of people have been injured. Further info to follow.
Hukumat ushbu hodisani terrorchilik akti deb atadi. Politsiya qo‘lga olingan shaxsning belida porlovchi qurilma o‘rnatiladigan jilet mulyaji bo‘lganini tasdiqladi. Ishni aksilterror bo‘linma tergov qilmoqda.
Mavzuga oid
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024
London Ukrainaga qurol sotib olish uchun bir milliardlik yordam va’da qilmoqda
12:40 / 16.10.2024