Jahon | 21:30 / 29.11.2019
4500
1 daqiqa o‘qiladi

NATOning xarajatlari 2024 yilgacha 400 mlrd dollargacha oshadi

NATO 2024 yilga qadar o‘z xarajatlarini 2016 yildagiga nisbatan 400 mlrd dollargacha oshiradi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Londondagi matbuot anjumanda ma'lum qildi.  

“NATOning xarajatlari 2024 yilga qadar 400 mlrd dollargacha oshadi. Bu alyansimizni yanada kuchliroq qilishga imkon beradigan misli ko‘rilmagan taraqqiyot. 2019 yilda alyansning 9 ta davlati o‘z harbiy xarajatlarini yalpi ichki mahsulotlarining 2 foizi va undan ko‘proqqa oshirdi, 2019 yilda harbiy xarajatlar 2016 yilga nisbatan 4,6 foizga oshdi”, deb aytgan NATO rahbari.  

NATOning ma'lum qilishicha, 2019 yilda AQSh, Britaniya, Bolgariya, Gretsiya, Ruminiya, Latviya, Litva va Estoniyaning harbiy budjetlari yalpi ichki mahsulotining 2 foizidan oshgan, Polshaniki 2 foiz bo‘lgan. NATOning baholashicha, alyans budjeti 2016 yildan 2019 yilgacha 74 mlrd dollargacha, ya'ni 913 mlrd dollardan 987 mlrd dollargacha oshgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid