Senatning 24-yalpi majlisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilinadi

Oliy Majlis Senatining ertaga, 30 noyabr bo‘lib o‘tadigan yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilinadi. Bu haqda Kun.uz’ga parlament yuqori palatasi axborot xizmati xabar berdi.
Yalpi majlis ishini Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (Facebook, You Tube) orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimida kuzatib borishingiz mumkin.
Yalpi majlisda yigirmaga yaqin masala ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Jumladan, “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi, “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi, “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibining takomillashtirilgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining 2019 yil xarajatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi, Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, yalpi majlisda 1993 yil 20 yanvardagi fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga doid bayonnomani ratifikatsiya qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, yalpi majlisda arzon uy-joylar qurish, aholini elektr va tabiiy gaz bilan ta'minlash jarayonidagi muammolar, davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va Toshkent viloyati chegara postlari faoliyatini o‘rganish natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Shu kuni 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2019 yilning III choragi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini eshitadilar.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh va Saudiyaning $600 milliardlik kelishuvi, yaradorlarga to‘lgan G‘azo, sanksiyalar yechilayotgan Suriya va Pokistonga ultimatum – kun dayjesti
Jahon | 14:23
-
Bog‘otdagi hodisa: aslida nima bo‘lgan?
Jamiyat | 14:20
-
Misr O‘zbekistonda tibbiyot sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi
O‘zbekiston | 14:05
-
O‘zbekiston va Vengriya qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 13:59
Mavzuga oid

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

13:00 / 30.04.2025
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlash haqidagi qonunni ma’qulladi

13:39 / 29.04.2025