Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti Di Kaprioni o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda aybladi
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru amerikalik aktyor va eko-faol Leonardo Di Kaprioni mamlakatdagi o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda aybladi, deb xabar bermoqda Associated Press agentligi.
Bolsonaruning aytishicha, Di Kaprio Amazoniya o‘rmonlaridagi yong‘inlarga aloqador notijorat tashkilotlarini moliyalashtirgan.
"Di Kaprio zo‘r yigit, shunday emasmi? Amazoniya o‘rmonlari yonishini moliyalashtirmoqda", - dedi Braziliya prezidenti.
Di Kaprioning bayonot berishicha, uning Earth Alliance tashkiloti iyul va avgustdagi o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng ishga kirishgan tashkilotlarga 5 mln dollar ajratgan. Ammo ular orasida tergov natijasida aniqlangan yong‘inga aloqador guruhlar bo‘lmagan.
Avvalroq moliyalashtirishga erishish uchun o‘rmonlarga o‘t qo‘yganlikda gumonlanib to‘rt ko‘ngilli qo‘lga olingandi. Ular aybi isbotlanmaganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026