Iqtisodiyot | 16:09 / 30.11.2019
9639
2 daqiqa o‘qiladi

EPSILON: Uglevodorodlar qazib chiqarish hajmining oshirilishi va gaz uzatish quvurlari qurilishi «O‘zbekneftgaz» hamkorligida olib borilmoqda

Qoratepa-10 qudug‘ining kunlik debit hajmi 30 noyabrdagi GRP ishlaridan so‘ng 0 dan 100 ming kub.m. gacha gaz va 5 tn gacha neft miqdorida oshdi. Barcha uglevodorodlar hukumat topshirig‘iga asosan qat'iy tarzda ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.

Gaz uzatish quvurlari qurilishi:

O‘tgan kunlar davomida 0,4 ming tn quvurlar (1,9 km) keltirish uchun yuklandi, 1,4 ming tn quvurlar (8,5 km) keltirildi, 3,6 km zovurlar kavlandi, 1,7 km quvurlar qatorga payvandlandi. Qurilish ishlari kunu-tun, ildam sur'atlarda olib borilmoqda. Quvurlar yotqizishning masofasi kuniga o‘rtacha 4 km ni tashkil etmoqda. Birinchi qator qurilishi 2019 yilning 3 dekabr kuni yakunlanadi.

30 noyabr holatiga ko‘ra, 23 ming tn quvurlar (131,5 km) keltirish uchun yuklandi, 17,3 ming tn quvurlar (103,5 km) keltirildi, 40,8 km zovurlar kavlandi, 59,7 km quvurlar payvandlandi va 7,5 km quvurlar yotqizildi.

Kompaniya ishlarning borishi haqida ma'lumot yetkazishda davom etadi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid