EPSILON: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida neft qazib chiqarish hajmi oshirilib, gaz uzatish tizimi ham kengaytirilmoqda
1 dekabr kuni Qirqchashma-1 qudug‘ida o‘tkazilgan GRP ortidan kunlik debit hajmi 15 tn gacha bo‘lgan neft oqimi olindi. Qazib chiqarilayotgan neft miqdorining hammasi hukumat topshiriqlariga muvofiq, qat'iy tarzda ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.
«Chigil YP - Muborak GQIZ» va «Tandircha YP - Sho‘rtanneftgaz NGQChB» yo‘nalishidagi gaz uzatish quvurlari qurilishi ishlari boshlanishi munosabati bilan maxsus texnika va moddiy-texnik resurslarni safarbar etish boshlandi.
O‘tgan kunlar davomida 6,2 km zovurlar kavlandi, 0,8 km quvurlar qatorga payvandlandi va 0,5 km quvurlar yotqizildi.
«Tandircha YP - Sho‘rtanneftgaz NGQChB» yo‘nalishiga 1791 m, «Chigil YP - Muborak GQIZ» yo‘nalishiga esa 700 m quvurlar keltirildi.
1 dekabr holatiga ko‘ra, 23 ming tn quvurlar (131,5 km) keltirish uchun yuklandi, 17,3 ming tn quvurlar (103,5 km) keltirildi, 47 km zovurlar kavlandi, 60,5 km quvurlar payvandlandi va 8 km quvurlar yotqizildi.
Qurilish ishlari kunu-tun, ildam sur'atlarda olib borilmoqda. Quvurlar yotqizishning masofasi kuniga o‘rtacha 4 km ni tashkil etmoqda. Birinchi qator: «Nazarquduq YP - Sho‘rtanneftgaz» yo‘nalishi bo‘yicha qurilish 2019 yilning 3 dekabr kuni yakunlanadi.
Kompaniya ishlarning borishi haqida ma'lumot yetkazishda davom etadi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
08:53 / 29.10.2022
EPSILON (EDC): Karakara-1 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 120 ming kubmetrni tashkil etdi
09:49 / 25.10.2022
EPSILON (EDC): Qirqquloch-4 qudug‘idan 50 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarila boshladi
10:43 / 23.10.2022
EPSILON (EDC): Nazarquduq-3 qudug‘idan 150 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarilmoqda
08:37 / 20.10.2022