Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EPSILON: Gaz uzatish infratuzilmasi «O‘zbekneftgaz» hamkorligida jadallik bilan bunyod etilmoqda
O‘tgan kunlar ichida 1,3 ming tn quvurlar keltirish uchun yuklandi, 2,4 km zovurlar kavlandi, 0,8 km quvurlar qatorga payvandlandi va 0,6 km quvurlar yotqizildi. «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz NGQChB» magistral yo‘nalishiga 2,3 km, «Chigil YP – Muborak GQIZ» yo‘nalishiga esa 700 m quvurlar olib kelindi.
«Nazarquduq YP – Sho‘rtaneftgaz NGQChB» gaz uzatish quvurlarining qurilishi bilan bir vaqtning o‘zida «Chigil YP – Muborak GQIZ» va «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz NGQChB» yo‘nalishiga gaz uzatish quvurlarini tortish boshlandi.
2 dekabr holatiga ko‘ra jami 24,3 ming tn quvurlar keltirish uchun yuklandi, 17,3 ming tn quvurlar keltirildi, 49,4 km zovurlar kavlandi, 61,3 km quvurlar qatorga payvandlandi va 8,6 km quvurlar zovurga yotqizildi.
Qurilish ishlari kun-u tun, rejadan o‘zgan hamda masofasi kuniga 4 km ni tashkil etgan holda olib borilmoqda. «Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz GQChB» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qatorning qurilishi joriy yilning 3 dekabr kuni yakunlanadi.
Kompaniya ishlarning borishi haqida ma'lumot yetkazishda davom etadi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
08:53 / 29.10.2022
EPSILON (EDC): Karakara-1 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 120 ming kubmetrni tashkil etdi
09:49 / 25.10.2022
EPSILON (EDC): Qirqquloch-4 qudug‘idan 50 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarila boshladi
10:43 / 23.10.2022
EPSILON (EDC): Nazarquduq-3 qudug‘idan 150 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarilmoqda
08:37 / 20.10.2022