EPSILON: «O‘zbekneftgaz» bilan hamjihatlikda «Nazarquduq YP-Sho‘rtanneftgaz» gaz uzatish quvurlari birinchi qatori qurilishi yakunlanmoqda
O‘tgan kunlar mobaynida, 2,4 ming tn quvurlar keltirish uchun yuklandi, 2,7 km zovurlar kavlandi va 1,3 km quvurlar qatorga yotqizildi. «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz NGQChB» yo‘nalishiga 6,6 km, «Chigil YP – Muborak GQIZ» yo‘nalishiga esa 700 m quvurlar olib kelindi.
Gaz uzatish quvurlari «Nazarquduq YP-Sho‘rtanneftgaz NGQChB» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qatorining qurilishi yakunlanmoqda hamda mazkur yangi gaz uzatish quvuri pnevmatik sinovga tayyorlanmoqda. Ayni paytda «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz NGQChB» va «Chigil YP – Muborak GQIZ» yo‘nalishi bo‘yicha gaz uzatish quvurlarini tortish ishlari boshlandi.
3 dekabr holatiga ko‘ra jami 26,7 ming tn quvurlar keltirish uchun yuklandi, 17,3 ming tn quvurlar keltirildi, 52,1 km zovurlar kavlandi, 61,3 km quvurlar qatorga payvandlandi va 9,9 km quvurlar qatorga yotqizildi.
Qurilish ishlari kunu-tun, ildam sur'atlarda olib borilmoqda.
Kompaniya ishlarning borishi haqida ma'lumot yetkazishda davom etadi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
08:53 / 29.10.2022
EPSILON (EDC): Karakara-1 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 120 ming kubmetrni tashkil etdi
09:49 / 25.10.2022
EPSILON (EDC): Qirqquloch-4 qudug‘idan 50 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarila boshladi
10:43 / 23.10.2022
EPSILON (EDC): Nazarquduq-3 qudug‘idan 150 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarilmoqda
08:37 / 20.10.2022