Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Illyustrativ foto
Joriy yilning noyabr oyida “O‘zenergoinspeksiya”ning Qoraqalpog‘iston bo‘limi va Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida iste'molchilarning elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari va elektr energiyasidan foydalanish qoidabuzarliklari aniqlandi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida iste'molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda va ushbu holatlar bo‘yicha qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan iste'molchilarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga asosan yetkazilgan zarar bo‘yicha hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilinmoqda.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, To‘rtko‘l tumanidagi MChJga tegishli g‘isht mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida 83,2 million so‘m, fermer xo‘jaligida 13,8 million so‘m va Amudaryo tumanidagi MChJga tegishli tosh maydalash sexida elektr energiyadan foydalanish bo‘yicha 58 million so‘m qayta hisob qilindi.
Mavzuga oid
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
22:59 / 20.12.2025
Qish energotizimni sinamoqda. Bugun qayerlarda svet o‘chdi?
20:41 / 15.12.2025
Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi
14:45 / 05.12.2025