Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EPSILON: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida Qashqadaryo viloyatidagi neft-gaz-kondensat konlarida tegishli ishlar davom ettirilmoqda
Mahsuldor qatlamlarda tabiiy gaz qazib chiqarish va gaz uzatish tizimlarini qurish ishlari olib borilmoqda.
4 dekabr kuni qatlamni gidravlik yorish ishlaridan so‘ng Qoratepa konidagi ikkita quduqning kunlik debiti 140 ming kub.m. gaz va 5 tn neft miqdorini tashkil etdi. Hukumat qarorlariga muvofiq, qazib olinayotgan mazkur miqdorlarning hammasi ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.
Qoratepa-1 qudug‘ining kunlik debiti 0 dan 80 ming kub.m gaz va 3 tn neft miqdorigacha ortdi.
Qoratepa-8 qudug‘ining kunlik debiti 0 dan 60 ming kub.m gacha gaz va 2 tn neft miqdorigacha ortdi.
Gaz uzatish tizimi uchta qatorining qurilishi:
- «Nazarquduq YP - Sho‘rtanneftgaz» – masofasi 67 km.
- «Tandircha YP - Sho‘rtanneftgaz» – masofasi 45 km.
- «Chigil YP - Muborak GQIZ» – masofasi 110 km.
Quvurlar tortish ishlarining sur'ati kuniga o‘rtacha 4 km ni tashkil etib, ishlar kunu-tun tartibida olib borilmoqda.
“Nazarquduq YP - Sho‘rtanneftgaz” gaz uzatish tizimi pnevmatik sinovlarga tayyorlanmoqda.
4 dekabr holatiga ko‘ra jami:
- Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 27,5 ming tn
- Keltirilgan quvurlar – 17,4 ming tn
- Kavlangan zovurlar – 54,9 km
- Payvandlangan quvurlar – 63,7 km
- Yotqizilgan quvurlar – 10,6 km
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
08:53 / 29.10.2022
EPSILON (EDC): Karakara-1 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 120 ming kubmetrni tashkil etdi
09:49 / 25.10.2022
EPSILON (EDC): Qirqquloch-4 qudug‘idan 50 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarila boshladi
10:43 / 23.10.2022
EPSILON (EDC): Nazarquduq-3 qudug‘idan 150 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarilmoqda
08:37 / 20.10.2022