Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinga yopirilgan «Kammuri» to‘foni 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Filippinga yopirilgan «Kammuri» to‘foni 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlarda ko‘plab uylar vayron bo‘lgan, yuzlab daraxtlar qo‘porilgan, elektr ta'minoti va aloqa izdan chiqqan. 500 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan.
To‘fon mamlakatning sharqidan g‘arbi tomon yo‘nalib, o‘z ortidan katta talofatlar qoldirgan.
Shamol tezligi 165 km/soatga, kuchayganda esa 275 km/soatga yetgan. Kuchli yomg‘irlar toshqinlar, ko‘chkilar va sellarga olib kelgan. Qishloq xo‘jaligi maydonlari suv ostida qolgan.
Yuzlab dengiz reyslari va aviareyslar bekor qilingan. Poytaxt Manila aeroporti 12 soatga barcha terminallarini yopib qo‘ygan.
Ayni vaqtda to‘fon tropik dovulgacha kuchsizlanib, Janubiy Xitoy dengizi tomon harakatlanmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026