Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati bosh arxitektori 7 milliard so‘mni talon-toroj qilishda ayblanmoqda
Samarqand viloyat bosh arxitektori Bobir Elmuradov davlat mulkini talon-toroj qilishda gumonlanib qo‘lga olingan.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, u garov evaziga ozod qilingan va hozirda 7 milliard so‘mlik budjet mablag‘ini o‘zlashtirishda ayblanib sud qilinmoqda.
Bobir Elmuradov 2019 yilning martida Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - viloyatning bosh arxitektori etib tayinlangandi.
U bu lavozimga tayinlanishidan avval Samarqand shahri hokimi o‘rinbosari vazifasida ishlagan vaqtida shaharning «Said» mahallasidagi 26 nafar fuqaroga uylari «snos»ga tushgan deb davlat budjetidan 7 milliard so‘m miqdoridagi pulni asossiz ravishda berishda ayblangan.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish) va 228-moddasi (hujjat va muhrlarni qalbakilashtirish) bilan viloyat prokuraturasi ayblov xulosasi e'lon qilingan.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026