Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon prezidenti mamlakat parlamentini tarqatib yubordi
Foto: AFP
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Milliy majlis (parlament)ni tarqatib yubordi va 9 fevral kuniga qonunchilik organiga navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishini belgiladi. Bu haqdagi farmon mamlakat prezidenti saytida e'lon qilindi.
Milliy majlisni tarqatib yuborish tashabbusi bilan "Yeni Azerbayjan" ("Yangi Ozarboyjon") partiyasi deputatlari chiqishgandi. Ular buni davlat rahbarining islohotlarini qo‘llab-quvvatlash va parlament tarkibini yoshartirish zarurati bilan izohlashdi.
Ushbu tashabbusni mustaqil va muxolifatchi deputatlar ham qo‘llab-quvvatladi.
Parlament dushanba kuni parlamentni tarqatib yuborish va qonunchilik organiga navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazish to‘g‘risida prezidentga murojaat qabul qildi.
Ushbu qarorni yoqlab 99 deputat ovoz berdi, bir kishi qarshi chiqdi, bir kishi betaraf qoldi va yana bir kishi ovoz bermadi.
Ozarboyjon Milliy majlisi (bir palatali parlament) umumiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar orqali besh yil muddatga saylanadigan 125 nafar deputatdan iborat. Parlament saylovlari har besh yilda o‘tkaziladi. Navbatdagi parlament saylovlari 2020 yil noyabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Mavzuga oid
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:08 / 11.02.2026