Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya NATOning Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarini himoya qilish rejasini ma'qulladi
Turkiya Londonda bo‘lib o‘tgan sammitda Polsha, Fransiya va Germaniya yetakchilari hamda alyans bosh kotibining iltimosi bilan NATOning Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarini himoya qilish rejasini ma'qulladi, deb ma'lum qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Avvalroq alyans Turkiyaning suriyalik kurd jangarilariga qarshi kurashida uni qo‘llab-quvvatlamagani uchun NATOning Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarini himoya qilish rejasini ma'qullashni rad etgandi.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning NATO bo‘yicha ayrim ittifoqchilari "terrorchi tashkilotlarga qo‘l bergan".
"NATO xavfsizligiga nisbatan tahdidlarga biz qanday jiddiy yondashsak, barcha ittifoqchilarimiz ham bizning xavfsizligimiz muammolariga shunday yondashishi kerak", - deb qo‘shib qo‘ydi Turkiya yetakchisi.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
20:08 / 07.07.2026