Tusk «Trampni otishga olib ketayotgandek» tushgan suratini e'lon qildi
Yevrokengash rahbari va Polshaning sobiq bosh vaziri Donald Tusk tvitterdagi sahifasida adashi – AQSh prezidenti Donald Trampning orqasidan qo‘lini to‘pponcha qilib uni «otishga olib ketayotgandek» tushgan suratini e'lon qilib, ijtimoiy tarmoqlarlarni «portlatdi».

Ushbu surat Londonda o‘tgan NATO sammiti vaqtida olingan bo‘lib, unda Tusk go‘yoki qo‘lini to‘pponcha qilgancha Trampning orqasidan tirab turgandek aks etgan. Tusk suratga «Mavsumiy o‘zgarishlarga qaramay, bizning transatlantik do‘stlik davom etishi lozim», deb izoh qoldirgan.
Yevrokengash rahbari sahifasiga obuna bo‘lgan foydalanuvchilarning ushbu suratga izohlari ham unga monand bo‘lgan: “Hände hoch» (“Qo‘lingni ko‘tar”), “NKVD maktabi. Qoyil, shavvoz!”, “Kadr tasodifan shunday chiqqan bo‘lsa-da, uni ataylab joylashtirishgan. Shok”, “Nima uchun pan o‘zini ahmoqona tutadi?”.
Ba'zi kuzatuvchilar NATOning Londondagi sammitida Tramp ba'zi siyosatchilar tomonidan kulgu ostiga olinganiga e'tibor qaratishgan. Jumladan, avvalroq internetda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron AQSh prezidentining ustidan kulishayotgani videosi tarqalgandi. Ta'kidlanishicha, Tusk ham yuqoridagi suratni mazaxona tarzda e'lon qilgan bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

18:34 / 11.02.2025
“Deportatsiya noinsoniy ruhda kechyapti, amerikaliklar ham shokda” – Nyu Yorkdagi yurist bilan suhbat

15:23 / 04.02.2025
Trampning yangi bojlaridan hamma, xususan AQShning o‘zi ham yutqazadi - ekspertlar

02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov

00:26 / 06.11.2024